+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Joriy yilning   24- Iyun kuni Namangan muhandislik  tehnologiya instituti jamoasi  va  Malayziya tehnologiylar universiteti o`rtasida masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo`yicha onlayn videomuloqotning ikkinchi bosqichi bo`lib o`tdi. Muloqotlar  institutlar aro keng halqaro hamkorlikni yo`lga qoyish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratildi. Muloqotlar jarayonida tomonlar halqaro hamkorlik, va masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, qo`shma fundamental va xalqaro loyihalarda sherikchilik  bo`yicha  kelishuvlarga erishdilar.Onlayn muloqotda NamMTIdan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor O.Ergashev boshchiligida   Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`, Talim sifatini nazorat qilish bo`lim boshlig`i va  kafedra professor o`qituvchilari ishtirok etdilar. Top-1000 talika kirgan bu universitet bilan onlayn muloqot davomida tomonlarning takliflari muhokama qilindi,MTU tomondan esa professor Azlan  tomonidan maqsadli tarzda talaba va doktorantlarning almashinuv dasturlarini yo`lga qo`yish,va boshqa hamkorlik masalalariga kelishib olindi.