+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020-2021-o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Manba: dtm.uz