+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar buyurtmalari asosida respublika hududlaridagi sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.

Bunda 2020-2021-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosida jami 2 708 ta joy ajratildi.

Maqsadli qabul parametrlari:

  • Sog‘liqni saqlash sohasi uchun tumanlar kesimida – 1 503 ta.
  • Xalq ta’limi sohasi uchun tumanlar kesimida – 980 ta.
  • Veterinariya sohasi uchun hududlar kesimida – 225 ta.

Manba: dtm.uz