+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Davlat test markazida qo‘ng‘iroqlar (murojaatlar) markazi tashkil etildi.

Fuqarolar qabul jarayoni bilan bog‘liq qiziqtirgan barcha savollariga 1195 qisqa raqami orqali bog‘lanib, batafsil javob olishlari mumkin.

Markazning ish rejimi:

  • dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • shanba – soat 9:00 dan 17:00 gacha;
  • yakshanba – soat 9:00dan 12:00 gacha.

Tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

manba: dtm.uz