+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Joriy yilning 19 iyun kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori O.Mamatkarimov boshchiligida prorektorlar, fakulьtet dekanlari hamda mas’ul vakillar talaba yoshlar ishtirokida ZOOM platformasi orqali «Rektor va talaba yoshlar» onlayn ochiq muloqoti tashkil etildi. Ochiq muloqotni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarni masofaviy ta’lim olish jarayonidagi mavjud muammollarni aniqlash shuningdek bir qator sohalar bo‘yicha talaba-yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish hamda ularni qiziqtirayotgan savollarga javob berishdan iborat.
Ochiq muloqot vaqtida talaba yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib va ko‘tarilgan muammolar o‘z o‘rnida mas’ullarni biriktirish orqali institut rektori tomonidan bartaraf etildi. Ochiq muloqot 200 nafardan ziyod ishtirokchilar bilan bo‘lib o‘tdi. Onlayn ochiq muloqot yakunida barcha taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirgan holda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish vazifasi tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga biriktirildi va bu topshiriqlar ijrosi institut rektori tomonidan nazoratga olindi.