2020 yil 29 iyunь kuni soat 1100 da Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishi institutning birinchi binosi kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidagi asosiy masala ilmiy izlanuvchi Xudayqulov Shavkatbek Soyibjanovichning t.f.d., professor Djuraev Anvar Djuraevich ilmiy rahbarligida bajarilgan “Arrali jin tsilindri qayishqoq podshipnik tayanchli konstruktsiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusida 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi.