2020 yil 29 iyunь kuni soat 0900 da Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishi institutning birinchi binosi kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidagi asosiy masala tayanch doktorant Majidov Abduvali Turg‘unpo‘latovichning t.f.n., dotsent Safarov Nazirjon Muxammadjonovich ilmiy rahbarligida bajarilgan “To‘g‘ri oqimli tola ajratish qurilmasi konstruktsiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusida 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi.