+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 03 iyunь 2017 yildagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori va dastur qabul qilindi.
Dastur rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi hamda 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.
Dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Shular qatoriga an’anaga aylanib borayotgan va muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan oilaviy sport musobaqalari oilalar salomatligini ta’minlash, oilaviy sportni rivojlantirish va ommalashtirishga yordam berish bilan birga, iqtidorli sportchilarni tanlab olishga imkoniyat yaratmoqda. Sport bilan muntazam shug‘ullangan oilalarning farzandlari sog‘lom va baquvvat bo‘lib, o‘zlari tanlagan sport turlari bo‘yicha xalqaro va Respublika miqiyosida o‘tayotgan nufuzli musobaqalarning sovrindorlari bo‘lishmoqda. Bugungi kunda palvonlar sulolasi, futbolchilar sulolasi, tennischilar sulolasi, ko‘pkarichilar sulolalari bularga misol bo‘la oladi.

  • Oila salomatligini mustahkamlash uchun har bir oilada quyidagilarga e’tibor berilishi tavsiya etiladi:
  • oilaning har bir a’zosi 5-7 daqiqa ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanishi;
  • ertalablari oila a’zolari sog‘lomlashtiruvchi yugurishni bajarishi;
  • mehnat qilish va o‘qish jarayonlarida 3-5 daqiqa tetiklantiruvchi mashqlarni bajarishlari;
  • kechki ovqatdan keyin esa oilaviy sayr etish, ya’ni, kamida 1-2 km yurishlari zarur.

Yuqoridagi jismoniy ko‘nikmalarni har bir oila kun tartibiga kiritsagina, oila a’zolarining salomatligi mustahkamlanib, turmush tarziga bog‘liq bo‘lgan 50-55 foiz kasalliklarning oldi olinadi.Jumladan institutimizda ham “Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqalari va video roliklar tanlovi muntazam tashkil etib kelinmoqda.