+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

2020- yilning  7 iyun kuni NamMTI va MTU o`rtasida  “Halqaro hamkorlik va talim sifatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida zoom platformasi orqali   Online  muloqot  bo`lib o`tdi.  Dasturni   Malayziya tehnologiyalar universiteti  halqaro hamkorlikni rivojlatirish prorektori Mohd Ismid Md Said  ochib  berdi.. Muhokamada  MTU dan  Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i Doktor  Ahmad Hilmann  Borhan, Muhandislik  fakulteti professori,masofaviy o`qitishlarni tashkil qilish bo`limi mutahassisi Doktor Othman, Institutni xalqarolashtirish bo`limi boshlig`i  Doktor Zulkifli ,va  mutahassis  Doktor Zareera Saliha  ishtirok etdilar.Muhokamda Institutdan ta`lim sifatini nazorat qilish bo`lim boshligi A.Mahkamov, Xalqaro aloqalar bo`limi boshligi A.Tursunovlar ishtirok etdilar.

Muhokama davomida  tomonlar  halqaro hamkorlikni   yanada  rivojantirish, talabalar va yosh ilmiy tadqiqotdchilarga masofaviy darslarni tashkil qilish,  Namanganda bugungi  kundagi  mutassislarga bo`lgan ehtiyoj   tomonlari va bozor iqtisodiyotini  hisobga  olib,  birgalikda  mutahssislar tayyorlash, qo`shma  publikatsiyalar, xalqaro ilmiy faoliyatni yo`lga qo`yish, Elsevierda  maqolalar chop etish bo`yicha  institutimiz doktorantlariga online  master klasslar tashkil qilish, halqaro maqolalar va publikatsiyalarni chop etishda  jarayonlarni osonlashtirish va  tezlashtirish, institutlararo shartnoma  tuzib,  NamMTI va MTU  o`rtasida  har 6 oyda talabalar almashinuvi, qo`shma magistratura va maqsadli  doktoranturani yo`lga qo`yish, qo`shma konferensiyalar tashkil qilish va  institut  professor o`qituvchilari uchun qisqa muddatli online malaka oshirish kurslarini yo`lga  qo`yish bo`yicha  kelishib olindi.Dastur davomida, kelgusidagi  hamkorliklarni realizatsiya qilish uchun qanday  hujjatlarni tayyorlash kerakligi va  boshqa masalalar belgilab olindi. Bugungi uchrashuv  ishchi guruhlar ishtirokida    tashkil qilingan bo`lib,  shu yilning 10 iyun kuni  keyingi zoom konferensiyani tomonlarning rahbariyatlari  ishtirokida tashkil qilish, yaqin kunlarda NamMTI professor o`qituvchilariga MTU tomonidan tashkil qilinayotgan  online malaka oshirish  kurslarini tahminiy  dasturini shu yilning 10 iyun kuni taqdim qilish va qolgan tashkiliy masalalalar muhokamasi  belgilab olindi. Ma`lumot uchun, 2019/2020  Quacquarelli Symonds (QS) Jahon universitetlari reytingi bo`yicha  dunyoda 217-o’rinda

«50 yoshdan kichik universitetlar» reytingida 17-o’rin Osiyoda 46-o’rinni egalladi. Osiyo top-10 yosh universitetlari reytingida QS Star Reyting bo`yicha 5 o`rinda. Janubi-Sharqiy Osiyodagi universitetlar o`rtasida eng yaxshi o’ntalikka kiradi.