+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Institutimiz ijodkor talabalari karantin davrida o’z uylarida qolib ijod qilishdan to’xtayotganlari yo’q. Ular uchun tashkil qilingan https://t.me/ijodkorNamMTI telegramm kanali orqali ijod na’munalarini taqdim etib bormoqda.

Talabalarning o’z ijodiga doir she’rlarini saralarini tanlab olib, “Institut ijodkor yoshlari” she’riy to’plamida nashr etishni rejalashtirdik. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yosh ijodkorlarni har tomonlama qo’llab quvatlash hamda ularga yetarli sharoitlar yaratib berishdir.

Yurtboshimiz takidlaganidek: yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan  yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Zero ijodkor yoshlarimiz g’azal mulkining sultoni Xazrat Mir Alisher Navoiy izdoshlaridir.

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Azizbek Soliyev