+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

O’zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sоn Farmоniga asоsan Yurtimizda jismоniy tarbiya va spоrtni оmmalashtirish, ahоli, ayniqsa, yoshlar o’rtasida sоg’lоm turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharоitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning хalqarо spоrt maydоnlarida munоsib ishtirоk etishini ta’minlash bоrasida izchil chоra-tadbirlar amalga оshirilmоqda.

Bugun televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali uyda qolishga chorlovchi koʻplab chelenjlar eʼlon qilinib, hamyurtlarimiz va boshqa davlat fuqarolari tomonidan sport mashgʻulotlarini bajarayotgan videolar tarqalmoqda. Pandemiya sababli sportning barcha turlari boʻyicha musobaqalar bekor qilindi. Sportning baʼzi turlarining tarixida birinchi marotaba bu kabi holatga duch keldi. Endilikda xalqaro sport hamjamiyatlari, olimpiya qoʻmitalari va sport federatsiyalarini sportchilarning karantindan soʻngi tayyorgarligi va jismoniy holati xavotirga solmoqda. Albatta, pandemiya davrida sport masalasi biroz ahamiyatsiz boʻlib koʻrinadi, ammo yigirma birinchi asr imkoniyatlari juda keng boʻlib, endilikda sport oʻyinlarini nafaqat jismoniy mashqlar bilan, balki zamonaviy texonologiyalar yordamida aql va tafakkur kombinatsiyalari yordamida amalga oshirish mumkin. 

Xususan, bugungi kunda shunday bir yangi sport turi – “Kibersport” atamasi paydo boʻldiki, u hozirda nafaqat ommabop sport yoʻnalishlari va yirik koʻngilochar sohalardan biriga aylandi, balki kuchli rivojlanayotgan biznes-sektoriga ham kirib bordi. Bu sport turidagi intelektual mashqlar va aqliy yetuklik, miya faoliyatida juda as qotadi. Shu sababli ham dunyoning bir qator mamlakatlarida rasman tan olgan boʻlib, mazkur faoliyat boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 

Dunyo hamjamiyati tomonidan tadbiq etilayotgan majburiy oʻz-oʻzini yakkalash (samoizolyatsiya) holatida, hammadan koʻproq ye-sport geymerlari katta foyda koʻrishi kutilmoqda. Koʻp tashkilotlar karantin kunlarini zerikarli oʻtkazishdan koʻra, kun boʻyi hamkorlik oʻyinlarini, tomosha qilish, oʻynash va bu bilan nafaqat bilimlarni charhlash, balki bu orqali pul topishni taklif etishmoqda. Ular hatto eng qiziqarli oʻyinlarni bepul taqdim etishmoqda.

Tez orada toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatilishi rejalashtirilayotgan yoki oʻynash imkonini berayotgan kibersportga dunyo boʻylab koʻplab yangi muxlislar, tomoshabinlar oqimini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Shubhasiz, hamma joyda sport tadbirlari bekor qilinganligi sababli koʻpchilik anʼanaviy sport turlaridan kibersport ixlosmandlariga aylanishmoqda.

Oʻzbekistonda mazkur sportga boʻlgan qiziqish tobora kuchayib borayotganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3549-son qarori koʻra Oʻzbekistonda kompyuter sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida kompyuter sportini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa idoralarga vazifa yuklatilgan.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston virtual sport oʻyinlari va kiberfutbol federatsiyasi jamoat birlashmasi (20.10.2016) 2018-yil 6-avgust kuni oʻz faoliyatini yanada professional tarzda tashkil etish va xalqaro standartlar talabiga moslashish maqsadida bir qator tashkiliy oʻzgarishlarni amalga oshirdi hamda “Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi” deb qayta nomlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Hozirda, mazkur federatsiya Oʻzbekistonda barcha elektron oʻyinlar, kompyuter sporti va kiberfutbolni rivojlantirish hamda respublika hududida turnirlarni tashkil etish, shuningdek, tashkilot ushbu yoʻnalishdagi murabbiy va kibersportchilarni tayyorlash bilan ham shugʻullanmoqda. Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi
oʻz faoliyatida Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining virtual sport turlariga oid qarorlari ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirlikning 2018-yil 15-avgustdagi 3-sonli Hayʼat qaroriga asosan Elektron kompyuter sporti sport turlari reyestriga kiritdi, Oʻzbekistonda rasman tan olindi.

Darvoqe, Respublikamizda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda 14-30-aprel kunlari kibersport boʻyicha “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra 4000 dan ortqi havaskor kibersportchilar ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan.             Bizninig instisutimiz talabalari orasida ham ushbu sport turiga bo’lgan qiziqish kun sayim ommalashib bormoqda. Ushbu sport turining yana bir ijobiy tomoni shuki talaba yoshlar o’rtasida kampyuter savodxonligini ham oshirishga imkon beradi. Institutimiz talabalar o’rtasida xam kiber sportninig futbol, avtomobil poygasi, kontr strayk turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. G’olib talabalarga institut rahbaryati tomonidan tashkil etilgan sovg’alar va faxriy yorliqlar toshirildi