+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va
o’qish- dan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

«Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qish-dan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorqiladi:

  1. Quyidagilar:
    Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
    Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o’qishga qabul kilish tartibi to’g’risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
    Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
    O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi koshidagi Talabalar o’qishini ko’chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to’g’risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori («O’zbekiston Respublikasi QHT», 2010 yil, 24-25-son, 195-modda) o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.