Ayni kunlarda yurtimizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli mehmon bo’lmoqda. Bahor kirib kelishi bilan eng avvalo go’zallik va nafosat ayyomi “Xotin-qizlar kuni” bayramini kutib olishga intilamiz. Bu borada erta tongdan institutimizda “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” shiori ostida bayram tabrigi aksiyasi o’tkazildi. Aksiya doirasida Oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan ayol professor-o`qituvchilar hamda talaba qizlarga bayram tabrigi topshirildi. Gullar hamda kuy qo`shiqlar institutga kirib kelayotgan xotin-qizlarga o`zgacha bayram tabrigi bo`ldi.