“Yengil sanoat mahsulotlarini kostruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi va assistentlari Usmanov Xalil hamda Xomidjonov Abrorjon, Turg’unov Azizbeklar tomonidan 2020-yil 26-fevral kuni 15u-16 guruhi bilan “Charm va mo’yna texnologiyasi va ishlab chiqarish jixozlari” fanidan “Charm va mo’ynaning cho’ziluvchanligini aniqlash” mavzusidagi dars mashg’ulotini Namangan shahrida joylashgan “Yuksalish charm sanoat invest” charm oshlash korxonasida olib borishdi.

Talabalar ushbu dars davomida avvalgi mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarni amaliyotda ko’rib mustahkamladilar. Albatta bunday ishlab chiqarish korxonalarida olib borilgan amaliy darslar talabalarni kelgusida yetuk bilimli mutaxassis bo’lishlarida katta ahmiyat kasb etadi.