Namangan muhandislik texnologiya instituti talabalari Uychi tumanidagi 31-37 hamda 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan samimiy muloqotda bo‘ldishdi. Maqsad yagona: Bitiruvchi sinflarga Oliy ta’lim to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar berish!
Targ‘ibot guruhida esa institutimizning eng iqtidorli talabalari bor. Ular o‘qish davomida erishgan yuqori natijalari haqida uka-singillariga so‘zlab berishmoqda. Institutimizning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti boshchiligidagi targ‘ibot guruhi o‘quv yili ohiriga qadar Uychi, Uychqo‘rg‘on, Norin hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etishni rajalashtirgan.