2020 yil 20 fevral kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi  huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Namangan viloyat bo’limi bilan hamkorlikda Respublika Oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning  Startup- loyihalari tanlovini tashkil etish masalalariga bag’ishlangan  davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirga mehmon sifatida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi  huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Namangan viloyat bo’limi  xodimlari I. Ismoilov U.Xamidov, R.Raximberdiyev, S. Muzaffarovlar taklif etildi. 

 Davra suhbatida institut iqtidorli talabalari, yosh olimlari hamda professor-o’qituvchilari o’zlarining amalga oshirayotgan loyihalari bo’yicha duch kelayotgan muammolari va ularni echimlari bo’yicha department xodimlari bilan fikr almashdilar. Ular tomonidan qo’yilgan muammolar yechimlarini atroflicha ko’rib chiqish belgilab olindi. Davra suhbati qiziqarli baxs-munozaralarga boy tarzda o’tdi. Bunday tadbirlarni ko’lamini kengaytirishga kelishib olindi.