Namangan shahridagi »Yoshlar bog‘i»da bo‘lib o‘tgan »Kelajak uchun bir nihol» ko‘chat ekish aksiyasida institutimiz talabalari ham faol ishtirok etishdi.

  • Bugun tashkil etilayotgan ushbu aksiya nafaqat meni, balki, aksiyada ishtirok etayotgan barcha tengdoshlarimni katta quvonchiga sabab bo‘lmoqda deb hisoblayman. Yillar o‘tib yerga qadayotgan ushbu nihollarimiz ulkan darxtga aylansa ha shu daraxtlarni biz ekkan edik deb faxrlanib yursak ajab emas- deya takidladi biz bilan suhbatda Namangan muhandislik texnologiya instituti talabasi Barnoxon Ahmadjonova.

Kun davomida bo‘lib o‘tgan ushbu keng qamrovli tadbirda Namangan shahar hokimi Shavkatbek Abdurazzoqov ham yoshlar bilan bir safda o‘z nihollarini yerga qadadi. Bu jarayon esa yoshlar uchun o‘ziga hos motivatsiya bo‘lib xizmat qildi.