Namangan muhandislik texnologiya institutining eng faol qizlari »Qizlar davrasi» tanlovida o‘zaro bahslarga kirishdilar.

»Tanishtiruv», »Pazandalik mahorati», »Tezkor savollar» hamda »Erkin mavzu» kabi shartlar asosida o‘tkazilgan tanlovda. 6 nafar qizlar o‘zlari tahsil olayotgan fakultetlari sharafini himoya qilishdi. Ularning chiqishlarini esa tajribali hakamlar jamoasi baholab bordi.

Tanlov yakuniga ko‘ra g‘oliblik Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi Laylobegim Sharifiyga nasib qildi.
2-o‘ringa Kimyo texnologiya fakulteti talabasi Madinabonu Rahmonova munosib ko‘rildi.

Shuningdek, Muhandislik texnologiya fakulteti talabasi Muxtasar Abdurahmonova »Eng yaxshi faol talaba» nominatsiyada, Avtomatika va energetika fakulteti talabasi Mohitabon Mamatxonova »Eng yaxshi pazanda» nominatsiya bo‘yicha, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi fakulteti talabasi Barnoxon Ahmadjanova esa »Zukko talaba» nominatsiyasida g‘olib bo‘lishdi.