Avval xabar berganimizdek, 2020-yil 13-fevral kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan «CHARM STYLE-2020» tanlovi o’tkazildi. Ushbu tanlovda talabalar o’zlari yaratgan charm mahsulotlari bilan quyidagi nominatsiyalar bo’yicha qatnashdilar:

       — Eng yaxshi charm attorlik buyumlari va aksessuarlari;

       — Eng yaxshi sport tovarlari;

       — Eng yaxshi charmdan tayyorlangan erkaklar kiyimi;

       — Eng yaxshi charmdan tayyorlangan ayollar kiyimi.

Shuningdek, tanlovda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Jumladan “GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” MChJ, “YUKSALISH CHARM SANOAT SERVIS” MChJ terini oshlash korxonalari, Al-Aziz, “Dambog`”, “Panterra” va “Mustang” poyabzal ishlab chiqarish korxonalari o’zlarining mahsulotlarini namoyish qilishdi.

Ko’rgazmaga Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Shamsiyeva Mahbuba Badriyevna, kafedra assistenti Ahmedov Jamoliddin va Mahammadiyeva Hilola ham tashrif buyurdilar. Tadbir so’nggida barcha nominatsiya bo’yicha g’olib bo’lgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilar diplom bilan taqdirlanishdi.