Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 579 yilligi munosabati bilan Namangan shahar “Nodirabegim” kutubxonasida tashkil etilgan kechada “Kimyo-texnologiya” fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Kechaga viloyat hokimligi raxbarlari, Oliy ta’lim rektorlari, taniqli shoir va yozuvchilar, Boburshunos olimlar va ziyolilar, talabalar va o‘quvchilar taklif etilgan.

Tadbirni Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari P.J.Matkarimov kirish so’zi bilan ochib berdi. Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muxammad Bobur tavvaludining 579 yilligi nafaqat viloyatimiz balki butun Respublikamiz bo`ylab keng nishonlanib borishi haqida so`zladi.

Kechani Namangan vilyaoti yozuvchilar uyushmasi raisi Jaloliddin Muslim, Namangan viloyati yozuvchilari uyushmasi a‘zolaridan Sodiq Sayxun, Muxammad Mirzo va shior Nosir Abboslar davom ettirdi.