Joriy yilning 10 – fevral kuni so‘z mulkining sultoni, shoir, davlat  arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan Kimyo-texnologiya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan adabiy – badiiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet talabalari  tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, A.Navoiy ijodi haqida ma’lumotlar va yod olgan g‘azallari  bilan A.Navoiyni qanchalik darajada bilishlarini namoyon etdilar.

Ayniqsa Kosonsuy tumani Tergachi qishlog’idagi “Diskovery land”  nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tomonidan tayyorlangan dastur tomoshabinlarga manzur bo’ldi. Tadbirga bir qator mexmonlar taklif etildi. Jumladan, Namangan Davlat Universiteti O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi p.f.n M.Sulaymonov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti lauriyati, shoira “Benazir” – Gulchexra Zokirova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Namangan viloyat bo‘limi boshlig‘i, “Namangan xaqiqati” gazetasi adabiy bo‘limi muharriri – Nosir Abbos, “Ijod” fondi Namangan viloyat bo‘limi etakchi mutaxassisi, taniqli shoira – Rislig‘oy Xotamova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi,  shoira Dilorom Ergasheva. Tadbirga tashrif buyurgan mexmonlar  Alisher Navoiy xaqida talabalarga yangi  ma’lumotlar berishdi. A.Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qishdi va shu bilan birga o‘zlari yozgan she’rlari bilan  barcha tadbir qatnashuvchilarini ko‘nglini  xushnud etishdi. Adabiy – badiiy kecha so‘ngida talabalar tayyorlab kelgan kuy va qo‘shiqlari bilan tadbirni yakunlandi.