2020-yil 13-fevral kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor o’qituvchilar tomonidan «CHARM STYLE-2020» tanlovi o’tkazilishi o’tkazilmoqda. Ushbu tanlovda talabalar o’zlari yaratgan charm va mo’yna mahsulotlari bilan quyidagi nominatsiyalar bo’yicha qatnashadilar:

       – Eng yaxshi charm attorlik buyumlari va aksessuarlari;

       – Eng yaxshi sport tovarlari;

       – Eng yaxshi charmdan tayyorlangan erkaklar kiyimi;

       – Eng yaxshi charmdan tayyorlangan ayollar kiyimi.

 Barcha nominatsiya bo’yicha g’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

 Shuningdek, tanlovga mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishlari uchun taklif qilingan. Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasidan professor o’qituvchilar tashrifi kutilmoqda.