+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Korruptsiya taraqqiyot kushandasi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Korruptsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida Namangan viloyat DXX mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali ochiq muloqot o‘tkazildi.
Onlayn tadbirni institut rektori O.O.Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan ishtirokchilarini tanishtirdi. Yurtboshimiz tomonida amalga oshirilayotgan turli hil islohotlar, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, yuzasidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Keyingi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar, jumladan joriy yil 29 mayda O‘zR prezidentining Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish haqidagi farmoni qabul qilinganligi, 30 iyunь kuni Prezident Sh. Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan odil sudlovni ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan fikrlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. O‘z so‘zida davom etib, yurtimizdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faoliyati katta ahamiyat kasb etayotganligi va ular bilan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarining dolzarbligi haqida ta’kidlab onlayn uchrashuvda ishtirok etayotgan Namangan viloyati DXX mas’ul xodimi U.Suyumovga so‘z navbatini berdi. U o‘z so‘zida Korruptsiya — mansabdor shaxsning o‘z mavqei va vakolatlaridan, unga ishonib topshirilgan huquqlardan foydalanib, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, axloq va odob qoidalarini buzgan holda amalga oshirgan jinoiy harakatlari yig‘indisidir deb ta’kidladi. Mansabni suiste’mol qilish korruptsiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unda jinoyat yakka shaxs hamda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin. Shuningdek, ta’lim dargohlarida qabul komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish, komissiya faoliyatida izchillik hamda turli hil noxush holatlarni oldini olish maqsadida institutda targ‘ibot-tashqviqot ishlari olib borilayotganligi, bir qator shaxslar tomonidan professor-o‘qituvchilarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash, ta’magirlik va poraxo‘rlik kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. O‘z R Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” PF-6013- sonli farmoniga ham to‘xtalib o‘tdi. Onlayn muloqot jarayonida mavzu yuzasidan professor o‘qituvchilar tomonidan ham fikrlar bildirildi.
Institut rektori O.Mamatkarimov tadbir so‘ngida institutning barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarini faoliyatlarida ta’magirlik va shunga o‘xshash turli xil salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlikka chaqirdi. Onlayn tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar kafedra mudirlari, dekan va prorektorlar ishtirok etdilar.