Select Page

Jahon banki granti

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Jahon bankining 80 ming dollarlik grantiga sazovor boʻldi

Jahon banki tomonidan Oʻzbekistonda “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi uchun mablagʻ ajratildi. Ushbu loyiha doirasida Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Toʻqimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion oʻquv markazini yaratish” loyihasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, Jahon banki tomonidan 80 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ bilan moliyalashtirildi. 
Mazkur loyiha Prezidentimizning “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan.
Loyiha davomida “taʼlim-fan va ishlab chiqarish” integratsiyasini yanada yaxshilash, sohaga malakali mutaxassis kadrlar yetkazib berish, texnik sohalar uchun oʻqitishning innovatsion yondashuv usullarini joriy etish, professor-oʻqituvchilarni ilgʻor texnologiyalar joriy etilgan korxonalarda stajirovka oʻtashi kabi izchil ishlar amalga oshiriladi. Bu oʻz navbatida oliy taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
– 2019-2020 yillarda bajarilishi rejalashtirilgan bu loyihaning ilk bosqichida dunyoning eng yaxshi mingtalik reytingiga kiruvchi texnik oliy oʻquv yurtlarining meʼyoriy hujjatlari va oʻquv bazasini oʻrganish asosida oʻqitishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanadi, – deydi institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, texnika fanlari nomzodi Avazbek Obidov. – bundan tashqari, Shveysariyaning “Rieter” toʻqimachilik mashinasozligi kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan mamlakatimizdagi toʻqimachilik korxonalariga oʻrnatilayotgan zamonaviy serunum texnika va texnologiyadan unumli foydalanish boʻyicha professor-oʻqituvchilarni oʻqitish ishlari amalga oshiriladi.

JAHON BANKI LOYIHASI ISHTIROKCHILARI XORIJIY MUTXASSISLAR TRENINGIDA (Davomini oqish–>)