Asosiy sahifa Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
Ta'lim sifati

BO’LIM BOSHLIG’I

Yusupov Sabirjon Abdujabborovich

1976 yilda Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 1993-1999 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi, tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish kafedrasi tadqiqotchisi, 2000-2009 yillarda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti aspiranti, assistenti, katta o’qituvchi, dekan o’rinbosari, fakulteti dekani, to’qimachilik materialshunosligi kafedrasi mudiri, 2009-2017 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsenti, metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2000 yilda Belgiyaning Gent Universitetida, 2007 yilda Portugaliyaning Minho Universiteti, 2011 yilda Hindistonning SITRA to’qimachilik ilmiy-tadqiqot markazida, 2013-2014 yillarda Italiyaning Genuya universitetida doktoranturadan keyingi tadqiqotlar dasturi asosida malaka oshirishda bo’lgan. 2017 yil dekabr oyidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya instituti ta’lim siftini nazorat qilish bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqollar va shuncha miqdordagi o`quv uslubiy ishlar muallifi.

Tel.raqami: +998939278728

Email: Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим.

 

 

 

BOSH MUTAXASSIS

QAYUMOV JURAMIRZA ABDIRAMATOVICH

1978 yil 21martda Namangan viloyati Uychi tumanida tug`ilgan. 1995-1999 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi, 2002-2004 yillarda magistranti, 2005-2007 yillarda aspiranti, “Kasb ta’limi” kafedrasi assistenti, laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan. 2007 yilda Portugaliyaning Minho universitetida, 2008-2009 yillarda Xitoy Xalq Respublikasining Donghua universitetida, 2009 yilda Hindistonning SITRA to’qimachilik ilmiy-tadqiqot markazida malaka oshirishda bo’lgan. 2012-2015 yillarda Italiyaning Bologna universitetida doktoranturada tahsil olib, PhD (falsafa doktorligi) dissertatsiyasini mufavvaqiyatli himoya qilgan. 2015-2017 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti  “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018 yilning yanvar oyidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda. 

Tel.raqami:  +99893-927-69-30

Email: Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим.

 

 

 

 

 

BOSH MUTAXASSIS

RASHIDOV RAXMATULLO A’LOJONOVICH

1984 yil 24 yanvarda Namangan viloyati Uychi tumanida tug`ilgan. 2002-2009 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi, magistranti, “Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, 2009-2011 yillarda O`zbekiston bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 2012-2018 yillarda  Namangan muhandislik-texnologiya instituti  akademik litsey va hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi boshlig`i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yil yanvar oyidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya instituti  tahlim sifatini nazorat qilish bo`limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.  Hozirgi kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy maqollar chop etgan.

Tel.raqami:  +99893-498-96-84

Email: Ушбу e-mail манзил спам-ботлардан ҳимояланган, уни тасвирлаш учун JavaScript-ни ёқишингиз лозим.

 

 

 

 

 

Institut tarkibidagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’grisida’gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.

Bo‘limning  asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

Institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Institut rektoriga xamda Davlat inspeksiyasiga takdim etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda Institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dare beradigan fanlariga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni Institut rektoriga ma’lum qilish;

Institutning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspeksiyasining topshirigiga binoan Institutlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamgarmasi yoki xalqaro loyihalar va Institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbik etish;

Institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

Institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tadbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

Institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Institut rahbariyatiga taqdim etish.

Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Institutda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;

ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dare beradigan fanlariga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli kayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni Institut rektoriga ma’lum kiladi;

o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni beradi;

ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tadbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;

Institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, Institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

o‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;

ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot Institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;

Institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi Instituta orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

Institutning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy- ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida)o‘rganadi;

Institut axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;

bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;

ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;

professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;

talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil kilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;

yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Davlat inspeksiyasi boshligi hamda Institut rektoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

Institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

Institut faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

Institutda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari

asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi;

bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Institut xisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy mar k az l ar i tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etadi;

Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan Institutlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshirik va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

Institut reytingini xalkaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor-o‘kituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda Institut rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbik etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

Institutda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni oliy ta’lim rahbariyatiga taqdim etadi.

Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Institut tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

Institut va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;

Institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

Institutda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

Institutda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish;

belgilangan tartibda Institut Kengashiga saylash va saylanish;

O`zbekistan Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:

xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog tushirmaydi;

Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda Institutning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

Bo`lim joriy yilning yanvar oyi davomida quydagi ishlarni amalga oshirdi:

- Bo`limning nizomi va choraklik ish rejalari tasdiqlandi.

- institut reytingini aniqlash uchun amaldagi me`yorning tegishli bandlariga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha fikrnoma tayyorlandi va markazga taqdim qilindi;

- OTMlarni attestatsiyadan o`tkazish tartibi bo`yicha amaldagi me`yoriy hujjatning tegishli bo`limlariga o`zgartirish to`g`risida takliflar tayyorlandi va  markazga taqdim qilindi;

- bitiruvchi kurs talabalariniing 50% dan yettinchi semesterdagi ixtisosslik fanlaridan biridan “yozma ish” o`tkazilib, natijalar taxlil qilinib tegishli shaklda markazga taqdim qilindi;

- institutda “xorijiy tillarni o`qitish” bo`yicha o`rganishlar amalga oshirildi va mavjud kamchiliklar Institut Kengashiga, rektoriga va markaziy boshqarmaga taqdim qilindi;

- institutdagi barcha kafedralarning  me`yoriy hujjatlari amaldagi  talablar asosida o`rganilib chiqildi mavjud kamchiliklar institut jamoasining kengaytirilgan yig`ilishida tanqidiy nuqtaiy nazarda bayon qilindi;

-  OTM, fakultetlar, bo`limlarning amaldagi rejalari o`rganilib tegishli takliflar kiritildi;

- markaziy boshqarma xodimlari bilan birga viloyatdagi uchta tumandagi “Namunali maktab”, “Namunali maktabgacha ta`lim muassasasi” nominatsiasi asosida o`rganilib mavjud kamchiliklar va takliflar markaziy boshqarmaga taqdim qilindi;

 - institut kafedralarida o`tilayotgan fanlarni namunaviy dasturda berilgan asosiy adabiyotlar bilan ta`minlanganligi o`rganildi va fanlar kesimida yetishmayotgan adabiyotlar  ulushi aniqlandi.

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: