Asosiy sahifa
Ajdodlarga munosib avlod bo`laylik!
Муаллиф:   
10.02.2018 10:57

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo-texnologiya” fakultetida tashkil etilgan “Yosh ijodkorlar” klubining bir guruh faol talabalari tomonidan so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik” shiori bilan badiiy-adabiy kecha tashkil etildi. O'zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishiga g'oyat kuchli va samarali ta'sir ko'rsatgan ulug' zotlardan biri, bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo'tabar nomi, ijodiy me'rosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so'z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g'ururi, sha'nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir.

    Bunday e'tirof xalqning g'urur va iftihori, milliy o'zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi... “Ijtimoiy” fanlar kafedrasi mudiri t.f.n., dots. M.Alixanov bobokalonimiz hayoti va ijodi haqidagi ko'plab ma'lumotlar va bizlarga me'ros qilib qoldirgan, dunyo tan olgan asar, doston, ruboiy, g'azal hamda she'rlari haqida atroflicha fikr mulohazalarini bayon etib, tadbirni ochib berdi.

   Tadbir davomida “Yosh ijodkorlar” klubi faol a'zosi Jo'rayeva Zulfiya so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyga atab yozgan she'rlarini o'qib eshittirdi va ijodkor yoshlar tomonidan g'azal, she'r hamda ruboiylar aytib, barchani Navoiy zamonasiga sayru-sayohat qilishlariga oz fursatga bo'lsada muyassar bo'ldilar. Dastur davomida Alisher Navoiy hamda Guli siymosi talqinida sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbir so'ngida qatnashchilar tashakkurnoma hamda esdalik sobg'alari bilan taqdirlandilar.

Orazin yopg'och ko'zimdin,

Sochilur har lahza yosh.

Bo'yla kim paydo bo'lur,

Yulduz nixon bo'lg'och quyosh. (A.Navoiy)

“Kimyo-texnologiya” fakulteti

Yoshlar yetakchisi
O.X.Azimov

 

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: