Asosiy sahifa
Muhandislik-texnologiya fakultetida “Harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
Муаллиф:   
09.02.2018 10:17

    Davra suhbatini fakultet dekani K.Matkarimov olib bordi va yig’ilish qatnashchilariga Respublikamizda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarini oldini olish borasidaamalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha to’xtalib, bugungi profilaktika kuni tadbirida Namangan viloyati IIB YHXB inspektorlari: kapitan J.Mamadaliyev, leytenant R.Sultonov, serjantlar: S.Saydullayev, K.Boymirzayev va N.Sobitovlar ishtirok etishayotganligini aytdi va tadbir qatnashchilarini talaba yoshlarga tanishtirdi.

    Shundan so’ng, keyingi so’zni Namangan viloyati IIB YHXB inspektori S.Saydullayevga berildi.  S.Saydullayev o’z so’zida 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro standartlar asosida plastikdan tayyorlangan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtomototransport vositasi ro’yhatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma berilayotganligi, bu guvohnomaning ijobiy tomonlari va qulayliklari, mazkur guvohnomalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash harajatlarini inobatga olib, avtomototransport vositasi ro’yhatdan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnomani berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida, shuningdek, haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida to’lov undirilishi belgilanganligini va boshqa masalalar yuzasidan suhbat ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

    Inspektor J.Mamadaliyev Respublikamiz hamda viloyatimiz miqyosida sodir etilayotgan yo’l-transport hodisalarida piyodalarni urib yuborish holatlari umumiy yo’l-transport hodisalarining 50 foizdan ortig’ini tashkil etayotganligini inobatga olgan holda, yo’l bo’yida joylashgan mahallalar ro’yhati tuzilib, ushbu mahallalarda “Profilaktika kuni”da piyodalarni, ayniqsa, bolalarni yo’llarning belgilangan joylaridan yurishlari, yo’llarni kesib o’tishlari, svetofor, yo’l belgilarining talablariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan viloyat hududida joylashgan maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida, korxona va tashkilotlar, avtoxo’jaliklarda, mahallalarda yo’l harakati qoidalarini o’rgatish, yo’l-transport hodisalarining oldini olish borasida turli mavzularda profilaktik suhbatlar va uchrashuvlar o’tkazilayotganligi, hamda yo’l harakat qoidalariga kiritilayotgan o’zgarishlar xususida fikr bildirdi.

   Inspektor K.Boymirzayev avtomobil yo’llarida yo’l harakati qoidalarini qayd etish video kuzatuv tizimi xususida fikr bildirdi.  Birinchi bosqichda Namanganning markaziy ko’chalarida 65 ta kamera o’rnatildi. Namanganda 1 noyabrdan boshlab YHQ qayd etish video kuzatuv tizimi ishga tushirildi.Shuningdek, Namanganda o’rnatilgan kuzatuv tizimi qoidabuzarliklar to’g’risida ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri YHHBga yuboradi. Jumladan, kamera orqali qayd etilgan barcha qoidabuzarliklar 3 kun ichida rasmiylashtiriladi va avtomashina egasi pochta orqali xabardor etiladi. Avtomashina yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo’lsa, qoidabuzarlik uchun yuridik shaxs rahbari javobgar bo’ladi.

    Shundan so’ng, inspektorlar suhbatishtirokchilarining yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan savollariga atroflicha javob berishdi.

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: