Asosiy sahifa
Muhandislik – texnologiya fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari” mavzusida tadbir o’tkazildi
Муаллиф:   
09.02.2018 09:38

    Yig’ilishni fakultet dekani K.Matkarimov kirish so’zi bilan ochib berdi va yig’ilish kun tartibidagi masala hamda taklif etilgan hamkor tashkilot vakillarini tanishtirib o’tdi. K.Matkarimov yig’ilish kun tartibidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun mazmun mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tib, so’z navbatini Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo’limi tergovchisi A.Xamidovga berdi. A.Xamidov yig’ilganlarga 2017 yilning 3 yanvar kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunni tasdiqlanganliklari, mazkur qonunni qabul qilishdan avval, uni ishlab chiqish bo’yicha tashlangan ilk bosqichlar, ya’ni birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 2012 yil 29 oktyabrdagi huquqiy norma va mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlar dasturi hamda

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun loyihasini tayyorlash to’g’risidagi Farmoyishi qabul qilinganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni ta’kidladi va mazkur Farmoyishga asosan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2012 yil yil 31 oktyabrdagi 31F-sonli farmoyishiga binoan Bosh prokuraturaning tegishli boshqarmalari va xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh shakllantirilgani va ishchi guruh a’zolariga yuklatilgan vazifalar xususida atroflicha ma’lumotlarni aytib o’tdi. A.Xamidov o’z so’zida davom etar ekan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun loyihasi 2016 yil 24 noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yilning 12 dekabrida ma’qullangani va Prezident tomonidan joriy yilning 3 yanvarida 419-sonli qonun bilan tasdiqlangani ta’kidladi.

Yig’ilish so’ngida K.Matkarimov so’z olib, yig’ilishda bildirilgan fikrlardan to’g’ri xulosa chiqarib, qonunning mazmun mohiyatiga va unda belgilangan vazifalarga rioya etishga barcha birdek ma’sul ekanligini ta’kidladi. 

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: