Asosiy sahifa
Vestminster universitetida “Turon” AKT kompaniyasining ko‘rgazmali konferensiya-seminar treningi bo‘lib o‘tdi
Муаллиф:   
06.02.2018 14:19

    2018 yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi Vestminster universitetida “Turon” AKT kompaniyasining ko‘rgazmali konferensiya-seminar treningi bo‘lib o‘tdi. Seminarda zamonaviy, tezkor matbaa texnologiyalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda texnologiyalarning afzalliklari, ishlash prinsipi, qulayliklari mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirib berildi. Masalan, tavsiya etilayotgan nusxa ko‘chirish apparatini ishchi boshqarishi talab etilmaydi uni mijoz vertual tarzda o‘zi ishlatish imkoniga ega. Bir necha aparatni bir nafar xodim nazorat qilib turishi kifoyaligi ta’kidlab o‘tildi. Zamonaviy bosish aparatida esa qator bosish va bosishdan keyingi jarayonlar bir apparaturada qisqa fursatning o‘zida amalga oshirish mumkin.

Tadbirda Namangan muxandislik texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O. Ergashev, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Sobirov, Matbaa va qadoqlash jarayonlari ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs iqtidorli talabasi X. Turdaliyevlar ishtirok etdilar.

 
 
 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: