Asosiy sahifa
Ozod va obod Vatanga baxshida umr…
Муаллиф:   
01.02.2018 18:24

   O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludiga 80 yil to‘ldi. 30 yanvar sanasida mamalakatimizning barcha go‘shadarida  bo‘lgani kabi Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham  bir-biridan mazmunli tadbirlar tashkil etildi.

    Shu kuni erta tongdan O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga 80 yil to‘lganligini aks ettirgan ko‘krak nishonlari “Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti yoshlar Kengashi tomonidan institut ustoz-murabbiylari va talabalariga taqildi.  Barcha birdek faxr tuyg‘usini qalbiga jo aylab, kunni iliq kayfiyatda boshladi. Negaki, birinchi yo‘lboshchi qalban birga ekanligini yana bir bora his qildi.

 

Erta tongdan boshlangan hayrli loyiha kun bo‘yi davom etdi. “Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi talabalari  ishtirokida “Mening Birinchi Prezidentim” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida institut talabalari o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, Islom Karimov siymosini ijodiy asarlarida gavdalantirdilar.

   Mazkur jarayonlarga taalluqli yana bir yaxshi habar:  hafta avvalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot tomonidan barcha fakultetlar va guruhlarda “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusida insholar tanlovi e’lon qilingan edi. Mazkur tanlovda 50 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi. - G’oliblarni aniqlash jarayoni juda murakkab kechdi -  deydi tanlov hay’at a’zosi R.Ishaqova – Nega deganda har bir talabamiz o‘z inshosini kuchli mehr bilan yozganligi ko‘rinib turibdi. Barcha insholar qalbdan yozilgan. Har bir ishtirokchi bu tanlovda g‘olib bo‘lishga haqli. Biroq, tanlovda eng kuchlilar saralanadi. Shuning uchun biz jami 4 kishini g‘olib deb e’lon qilishga qaror qildik.

 

  Kunning ikkinchi qismida  institut faollar zalida barcha loyihalar ishtirokchilari, nufuzli mehmonlar va jonkuyar ustozlarimiz ishtirokida “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir institut rektori, fizika-metematika fanlari doktori, professor O.Mamatkarimov ochib, o‘z so‘zida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida amalga oshirilgan ulkun bunyodkorliklar, barkamol avlod tarbiyasi uchun yaratilgan sharoitlar haqida faxr bilan so‘zladi.

  Shuningdek Birinchi Przidentimiz bilan samimiy suhbat qurish baxtiga sazovor bo‘lgan baxli  insonlardan biri  “Oliy metematika” kafedrasi mudiri A.Rahmonov ham so‘zga chiqib,  o‘sha onlardagi shirin xotiralar tasvilotini talabalarga so‘zlab berdi.

  Tadbir so‘ngida tashkil etilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh talabalar O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda institut rahbariyatining diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’murjon ERGAShYeV

NamMTI talabasi,

 “Yengil sanoat texnologiyasi”

fakulteti yoshlar yetakchisi

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: