Asosiy sahifa
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zLiDeP bilan hamkorlikda “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda-innovatsion texnologiyalarning o‘rni mavzusida seminar o’tkazildi
Муаллиф:   
19.01.2018 14:12

    Institutimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili munosabati bilan amalga oshiriladigan chora tadbirlar hamda 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi, institutimiz bilan hamkorlikda innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo’jaliklari hamda boshqa sohalarda amaliyotga keng tatbiq etishga ko’maklashish maqsadida ilmiy ishlanmalar mualliflari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirokida “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda-innovatsion texnologiyalarning o‘rni mavzusida seminar trening o’tkazildi. Seminarda O’zLiDeP ning joylardagi vakillari, viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalar rahbarlari, fermerlar va boshqa soha vakillari, qolaversa institutimiz professor-o‘qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi.

    Seminarniinstitut rektori O.Mamatkarimov va O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisining birinchi o’rinbosari N. Abdullayevlar ochib berishdi. Uchrashuv davomida, “Faol tadbirkorlik, raqobat va innovatsion menejment”, “Yangi innovatsion ishlanma va loyihalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilish”, “Yangi ishlanmalarni avtomatlashtirish va boshqarish yo’llarini joriy qilish” va boshqa mavzularda institutimiz  professor-o‘qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan seminar ishtirokchilariga taqdimot o’tkazib berishdi.

    Seminar so’ngida savol-javoblar, tadbir yakuni bo’yicha xulosa va tavsiyalar berib o’tildi.

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: