Asosiy sahifa
Akademik Muxammad Kabir Baxodirxonov bilan uchrashuv
Муаллиф:   
19.01.2018 12:21

    Uchrashuvda institut rektori O.Mamatkarimov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Obidov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlar ishtirok etishdi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Muxammad Kabir Baxodirxonovning mehnat faoliyati, olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda hayot tajribalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Yig‘ilishni institut rektori O.Mamatkarimov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5293-son Farmoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlanganligi bilan qutladi hamda institutimizga o‘z vaqtlarini ayamay tashrif buyurganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Institut rektori o‘z so‘zida hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan ilm-fanga berilayotgan e’tibor, 2017 yil boshlanishida Fanlar Akademiyasi akademiklari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, akademiklarning tajribalaridan, bilimlaridan ilmiy-salohiyatli kadrlar tayyorlashda, respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda samarali foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ibratli ishlar haqida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari FA akademiklarini qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng joriy qilish, 22 yildan keyin FA haqiqiy a’zolarini tanlov asosida qabul qilinganligi kabi ishlar ham ilm-fanni rivojlantirishga qo‘yilgan katta qadamlardan ekanligini ta’kidladi. Shundan so‘ng institut rektori so‘zni M.Baxodirxonovga berdi.

   O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Muxammad Kabir Baxodirxonov o‘z so‘zida quyidagilarni ta’kidladi: Avvalambor taklif uchun institut rahbariyatiga katta rahmat! 2017 yil ziyolilar, ta’lim sohasi, fan sohasida katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Bir paytlar FA institutlarini tarqatish, akademiklarning kamayishi barchamizni o‘ylantirib qo‘ydi. Lekin Prezidentimiz tomonidan ilm-fanni, akademiklarni qo‘llab amalga oshirilayotgan ishlar barchamizda qayta ishonch, umid paydo qildi. Haqiqatdan ham tanlov asosida 22 yildan keyin akademiklikka qabul qilish ishlari juda katta ibratli ish bo‘ldi. Hozirgi kungacha 63 nafar akademik bor edi, olimlarning intilishi sezilarli pasayib ketgandi, lekin endi katta o‘zgarishlar bo‘ladi, akademiklikka saylovlar muntazam o‘tkaziladi, yangi yosh akademiklar paydo bo‘ladi. Respublikamizda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va natijadorligini oshirish uchun chet el ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilish, yangi g‘oya va texnologiyalardan foydalanish, har bir doktor o‘zidan shogird qoldirishi g‘oyat katta vazifa bo‘lib hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz tomonidan qoldirilgan qo‘lyozmalarning tadqiq qilinmagani hali juda ko‘p, ularni tarjima qilish, o‘rganish juda katta maxorat va bilim talab etadi. Bunga bizning yoshlarimiz tayyor bo‘lishi kerak.

    M.Baxodirxonov o‘z so‘zida quyosh energiyasidan foydalanish nazariyasi, uning iqtisodiyot tarmoqlarida muhimligi, ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, yoshlarni kitob o‘qishlari, kitob orqali bilim olishlari zarurligi  hamda magistrant va doktorantlarning tadqiqotlarini bajarishlaridagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

   Yig‘ilish davomida magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning qiziqtirgan savollariga akademik tomonidan atroflicha javob olindi. O‘z fikr-mulohazalarini bildirish uchun so‘zga professor P.Usmanov, dotsentlar X.Isaxanov va A.Boymirzayevlar chiqdilar. Ular ham akademikni erishgan yutuqlari bilan qutlab, institutga tashrif buyurganliklari uchun rahmat aytdilar.

    Davra suhbati juda qiziqarli, savol-javoblarga boy o‘tib, yosh tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yig‘ilish davomida akademik M.Baxodirxonov institut magistrantlari va doktorantlari tajriba ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy laboratoriyalardan foydalanish, “Paxta tozalash korxonalari texnologik jarayonlarida zarba kuchini aniqlash” mavzusida hamkorlikda ilmiy loyiha tayyorlash va boshqa bir necha masalalarda o‘z yordamini berishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

   Yig‘ilishda Namangan viloyat teleradiokompaniyasi ham ishtirok etib, yig‘ilish jarayonini tasvirga oldi.

 
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: