Asosiy sahifa
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English
Chinakam talabalik baxti muborak !
Муаллиф:   
09.09.2017 17:28

    Talbalik - oltin davr! Ushbu oltin davrning baxtiga sazovor bo‘lish istagi minglab yoshlarning asosiy maqsadi. Chinakam mehnat qilgan, intilgan va o‘z ustida ishlagan yoshlargina Talaba degan sharafli nomga munosib bo‘lishadi. Joriy yilda ana shunday baxtiyor yoshlarning 900 nafari Namangan muhandislik-texnologiya institutining talabasi bo‘ldi. Aynan ushbu yoshlarni tabriklash maqsadida, mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham “Talabalikka bag‘ishlov kechasi” bayramona kayfiyatda tashkil etildi

Tadbirni institut rektori fizika-matematika fanlari doktori, professor Mamatkarimov Odiljon Oxundadayevich ochib, joriy yilda institutda talaba bo‘lish istagidagi 14 mingdan ortiq abiturientlarning hujjatlari qabul qilinganligi va ularning orasidan aynan 900 nafar eng baxtiyor yoshlar talabalikka tavsiya etilgani haqida ta’kidlab o‘tdi hamda barcha birinchi bosqich talabalarini samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Birinchi bosqich talabalariga ramziy kalit va talabalik guvohnomasi tantanali ravishda torshirildi. Quvonchlari ko‘zlaridan porlab turgan yoshlar tengdoshlari nomidan so‘zga chiqib, oliygohda tahsil olish jarayonida eng faol talaba bo‘lish bilan birga vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan malakali kadr bo‘lib yetishishga va’da berdilar. 

Shuningdek, institutning yuqori bosqichida tahsil olayotgan yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyon qilgan holda sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etdilar. Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi hamda sportchi talabalarning ko‘rgazmali chiqishlari kechaga yanada o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Vatanni, tinchlikni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlar yangradi. Institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov kechasi” yoshlarning qalbida bir umrga muhrlanib qoladigan bo‘ldi.

 

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: