Asosiy sahifa
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English
Munosib Yetakchilar saylanmoqda!
Муаллиф:   
09.09.2017 17:13

   O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan muhandislik texnologiya instituti “Yengil sanoat texnologiyasi” fakultetidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlaridagi guruhlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining guruh yetakchilari saylovi bo‘lib o‘tdi. 1, 2 hamda 3-bosqichda tahsil olayotgan talabalar orasidan munosiblar saralanib olindi. Saylov davomida guruh yetakchiligini o‘z yelkasiga yuklashni istagan barcha talabalarning nomzodlari ko‘rib chiqildi va tengdoshlari tomonidan eng munosib deb topilganlari sharafli nomga sazovor bo‘ldilar.

Yoshlar yetakchisi, guruh murabbiysi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekani muovini, bir guruh iqtidorli talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan  ushbu jarayonlar har tomonlama ochiq va demokratik tamoyillarga asoslangan holda o‘tkazilganligini alohida e’tirof etish o‘rinlidir. Shu kuni fakultetdagi 26 ta guruhlarga munosib yetakchilar saylab olindi. Endilikda ular talabalar manfaatini himoya qilishda hamda mamalakatimizda yoshlarga qaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishda faol ishtirok etadilar.

Saylov yakunlaridan so‘ng yangi saylangan yetakchilar uchun maxsus seminar mashg‘uloti ham tashkil etildi.

 

 

Manba: Ma’murjon Ergashev

“Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti

Yoshlar yetakchisi

 

 

 

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: