Asosiy sahifa BARCHA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARINI AMALGA OSHIRUVCHI KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!
  • O'zbekcha
  • Russian
  • English
BARCHA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARINI AMALGA OSHIRUVCHI KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!
Муаллиф:   
13.09.2017 16:29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3237-son qarori talablaridan kelib chiqib, institutning Islom Karimov ko‘chasida joylashgan  6-o‘quv binosi ichki qismini  mukammal ta’mirlash ishlarini bajarib berish bo‘yicha eng maqbul takliflarni tanlab olish maqsadida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Ishlarning boshlang‘ich qiymati QQS bilan (loyiha-smeta xujjatlari va ekspertiza xulosasiga asosan) 722 172 662,0 (etti yuz yigirma ikki million bir yuz yetmish ikki ming olti yuz oltmish ikki) so‘m,  QQS siz 601 810 551,0 (olti yuz bir million sakkiz yuz o‘n ming besh yuz ellik bir) so‘m, yakunlash muddati 80 kun.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar loyiha-smeta xujjatlari bilan (ilovadagi faylda) tanishishlari va 10 kun muddat ichida tanlov komissiyasiga o‘z takliflarini berishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi shart:

- tanlov savdolariga faqatgina qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan pudratchi tashkilotlar ishtirok etishlariga ruhsat etiladi;

- tanlov savdosi predmetining 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdoridagi aylanma mablag‘ga yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘ni berishga bank kafolatnomasiga;

- ishlab chiqarish bazasiga;

- ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslariga;

- mutaxassislarning mavjudligiga;

- tanlovdagi inshootga o‘xshash ob'yektlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan;

- yetarli kasbiy, texnikaviy malakaga va moliyaviy imkoniyatlarga;

- shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik muomala huquqiy layoqat va vakolatlarga ega, tajribali va ishonchli bo‘lishlari shart.

 

 

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy.

Telefonlar: (369) 225-10-03, 228-76-70. 0598-771-73-93, 0590-554-63-83.

 

 

 

Rektor qabulxonasi


rq

Foydali manbalar

O’zbekiston OTM saytlari reytingi

O'zRes oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

O'zRes hukumat portali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Portfolio

Namangan viloyat hokimligi

Davlat test markazi

ish.mehnat.uz


Hisoblagich


Elektron qabulxona

8+9=?
e-mail:
Mavzu:
Xabar mazmuni: