Xorijiy talabalar

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq:

  • xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga OTM tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi;
  • oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin;
  • chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »