“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi boshlanmoqda

Ayni daqiqalarda Namangan shahrida Alisher Navoiy nomidagi musiqali dramma va komediya teatrida viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining Namangan viloyati bosqichi boshlandi.

Unda Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi ham Nodira Rashidovaning “Usmon Nosir” sahna asari bilan ishtirok etmoqda.

Qur’a natijalariga ko‘ra vakillarimiz tanlovda 3-navbatda o‘z sahna asarlarini namoyish etishadi. Institutimizning yosh iqtidor egalariga omad tilaymiz!

Translate »